Germaniyada otishma yuz berdi. Qurbonlar bor
Foto: AP
Germaniya janubi-gʻarbidagi Baden-Vyurtemberg federal yeri Goppingen shahridagi barlardan birida sodir boʻlgan otishmada bir kishi halok boʻlgan, ikki kishi tan jarohati olgan. Bu haqda mahalliy “Bild” nashri xabar tarqatdi.
“Bir nechta qoʻngʻiroq qiluvchilar politsiyaga Goppingen shahridagi Gartenstrasse koʻchasidagi barda oʻq uzilgani haqida xabar berishdi. Birinchi patrulchilar voqea joyiga shoshilishdi. U yerda politsiya uch nafar yaradorni oʻq jarohatlari bilan topdi. Ulardan biriga yordam juda kech keldi. 29 yoshli erkak joyida vafot etdi, yana ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazildi”, deyiladi manbada
Qayd etilishicha, voqea chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 22.00 lar atrofida yuz bergan. Oʻt ochgan shaxs voqea joyidan qochib ketgan va u qora kiyimda boʻlgani maʼlum. Jinoyatchi aynan kimga qarata oʻq uzgani, uning qurbonlar va yaralanganlar bilan qanday munosabatda boʻlganligi haqida hozircha maʼlumot yoʻq. Politsiya tergov olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring