Germaniya va Fransiya Daniyani qoʻllab-quvvatlaydi
Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish haqidagi tahdidlariga qarshi turishda yordam soʻrab, boshqa Yevropa davlatlaridan buni olganini aytdi.
Aytish kerakki, Tramp Daniyaning avtonom hududi Grenlandiyani AQSH milliy xavfsizligi uchun muhim ekanini aytib kelar ekan, hududni egallash uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilishdan bosh tortgan.
Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen seshanba kuni Yevropaning uchta poytaxtiga tashrif buyurib, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va NATO Bosh kotibi Mark Rutte bilan uchrashdi.
Avvalroq Parijda Makron bilan birga gaplashgan Daniya bosh vaziri jurnalistlarga Yevropadan katta koʻmak olganini aytdi. Germaniya kansleri ham chegaralarni kuch bilan oʻzgartirmaslik kerakligini, ayni nozik pallada kuchli Yevropa va NATO zarurligiga urgʻu bergan. Kopengagen ham shu hafta harbiy xarajatlarini oshirib, uzoq masofaga uchuvchi dronlarni hamda sunʼiy yoʻldosh imkoniyatlarini kuchaytirishga qaror qilgan.
Grenlandiya savdo va adliya vazirligi AQSHning 80-yildan beri oroldagi harbiy mavjudligini taʼkidladi. Grenlandiya bunga qarshi emas, biroq Trampning niyatlari ekspansionistik boʻlsa, biz demokratik davlatmiz va institutlarimizni hurmat qilishlarini soʻraymiz», — degan vazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring