Germaniya Ukrainaga dronlarga qarshi mobil tizimlar yetkazib berishga vaʼda berdi
Germaniyaning “Rheinmetall” mudofaa konserni 2025-yil oxirigacha Ukrainaga uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurashish uchun “Skyranger” mobil tizimlarini yetkazib beradi. Bu haqda kompaniya rahbari Armin Papperger “ZDF” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Shu haftada Londondagi koʻrgazmada biz Ukraina bilan shartnoma imzolaymiz, unga koʻra u yangi “Skyranger” tizimlarini oladi. Ular birinchi marta dron hujumlarini qaytara oladigan mobil tizimlar boʻladi”, — dedi Papperger.
Uning soʻzlariga koʻra, konsern yiliga 70 tadan 100 tagacha “Skyranger” tizimlarini ishlab chiqarishga qodir. Kompaniya hozirda ishlab chiqarish hajmini 200 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Pappergerning taʼkidlashicha, gap Germaniya armiyasida mavjud boʻlmagan tizimlar haqida ketmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring