Germaniya turoperatorlari Oʻzbekistonga info-turga keladi
Germaniya Federativ Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi Abdulaziz Akkulov va Mustaqil sayyohlik kompaniyalari ittifoqi (“Allianz Selbständiger Reiseunternehmer”) prezidenti Yoxen Ssex oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qoʻmita matbuot xizmatidan xabar qilishicha, unda ikki mamlakat oʻrtasida madaniy, ilmiy, investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, ayniqsa, turizm sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish masalalari muhokama qilingan.
Mustaqil sayyohlik kompaniyalari ittifoqi sohadagi eng yirik tuzilmalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda uning tarkibida 500 dan ortiq kompaniyalar bor. Shundan 200 tasi turoperator, yana shunchasi sayohat agentligi, 100 tasi esa media tashkilotdir.
Shu bois yurtimizda Germaniya davlati fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilganligini ittifoq prezidenti zoʻr mamnuniyat bilan eʼtirof etdi. Turoperatorlarni Oʻzbekistonga info-turga yuborish, sayyohlik kataloglarini Oʻzbekistonning turistik salohiyati haqidagi maʼlumotlar bilan boyitish, shuningdek, turizm industriyasidagi boshqa yangiliklarni taqdim etish moʻljallanmoqda.
Uchrashuv soʻngida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida turoperatorlar oʻrtasida B2B formatida muloqotlar oʻtkazish, yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlik tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish va boshqa tashkiliy masalalarda kelishuvlarga erishilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring