Germaniya Moskvaga zarba berish uchun AQSH qurollarini olmoqchi
Foto: Reuters
Germaniya Moskvaga zarba berish uchun AQSHning “Tomahawk” qanotli raketalari va “Typhon” otish moslamalarini olmoqchi. Bu haqda “Military Watch Magazine” xabar bermoqda.
“Tomahawk Block IV” qanotli raketasi masofasi 1600 kilometrni tashkil etadi, bu esa “Typhon”larga Germaniya hududidan Moskvadagi nishonlarga zarba berish imkonini beradi. Ayni shu omil mazkur xarid rejasining asosiy maqsadi hisoblanadi», — deyiladi maqolada.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakat hukumati Qoʻshma Shtatlarga “Typhon” raketalarini sotib olish boʻyicha rasmiy soʻrov yuborganini tasdiqladi.
“Ushbu qurol tizimlarining diapazoni hozirda Yevropada mavjud boʻlganidan sezilarli darajada yuqori... Ularning yordami bilan Germaniya oʻzining mudofaa va oldini olish hamda Yevropaning ham salohiyatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin”, — deydi Pistorius.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina Qurolli kuchlariga uzoq masofali “Taurus” nemis raketalari yetkazib berilgan taqdirda Rossiya Germaniyaga qarshi qurol ishlatish huquqiga ega ekanligi haqida ogohlantirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring