Germaniya kansleri Putinni Ukraina bilan shartsiz muzokaralarga chaqirdi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiya prezidenti Vladimir Putinni AQSH rahbari Donald Trampning Ukraina boʻyicha muzokaralar taklifini jiddiy qabul qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda DW.
— Rossiya bugun oʻq otishlarni toʻxtatish va harbiy harakatlarga barham berish imkoniyatiga ega, — dedi u.
Mersning taʼkidlashicha, Alyaskadagi Tramp va Putin uchrashuvining asosiy maqsadi — Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etadigan sammitni tashkil etishdir.
— Biz prezident Putindan Trampning muzokaralar taklifini jiddiy qabul qilib, Alyaskadagi uchrashuvdan soʻng Ukraina bilan shartsiz muzokaralarga kirishishini kutayapmiz, — dedi Germaniya kansleri.
Uning soʻzlariga koʻra, Kiyev va Moskva oʻrtasidagi ehtimoliy muzokaralar natijasida Ukrainaga ishonchli xavfsizlik kafolatlarini oʻz ichiga olgan otishmalarni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilishi lozim.
Mers qoʻshimcha qilishicha, hududiy masalalar faqat Ukraina roziligi bilan hal etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring