Germaniya hukumati vakillari “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati bilan tanishdi

Germaniya Federativ Respublikasi Ichki ishlar va vatan vazirligi huzuridagi migratsiya masalalari bo‘yicha hukumat maxsus vakili Yoaxim Shtamp boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi Chilonzor tumani O‘quv sport texnika klubiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv mobaynida delegatsiya a’zolari “Vatanparvar” tashkiloti tizimida texnik kasb mutaxassislari, jumladan, turli toifalarda avtomototransport haydovchilarini tayyorlash jarayoni, mavjud moddiy-texnik baza va o‘quv dasturlari hamda haydovchilik kasbini puxta o‘rgatishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni ko‘zdan kechirdilar.
“Maqsad – Germaniyaga haydovchilik bo‘yicha ishga boradigan o‘zbekistonliklarning ushbu kasbga tayyorlanish jarayonini o‘rganish hisoblanadi. Negaki hozirda mamlakatimizda asosan “D” va “E” toifalari bo‘yicha haydovchilarga talab yuqori. Bundan tashqari, Yevropada haydovchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining anchayin intizomliligi bilan ajralib turishiga guvoh bo‘ldik”, dedi jumladan Germaniya hukumati maxsus vakili Yoaxim Shtamp “Vatanparvar” tashkiloti mas’ul xodimlari bilan uchrashuvi chog‘ida.
Shu kunlarda Germaniya Federativ Respublikasi Ichki ishlar va vatan vazirligi huzuridagi migratsiya masalalari bo‘yicha hukumat maxsus vakili Yoaxim Shtamp boshchiligida delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Delegatsiya vakillari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rtasida Germaniyada ishlash istagini bildirgan fuqarolarimizga nemis tilini o‘rgatish, ularni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqish, Germaniyada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasini ochish kabi yo‘nalishlarda muzokaralar olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Andijon viloyati hokimi 15 yoshli qizni zoʻrlagani toʻgʻrisidagi xabarlarga izoh berildi
- Istanbul aeroportida tanasiga 6 kg oltin yashirgan oʻzbekistonlik ayollar ushlandi
- Yoʻl harakati qoidabuzarliklarning jarima ballari qachondan kuchga kiradi?
- Shoirning ayoli boʻlish sharaf
- 9 yoshli qizchaning oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi 4 yilga qamaldi (+video)
- Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi boʻlgan ikki bolani tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring