Germaniya banki O‘zbekistonga beg‘araz 9 million yevro ajratdi
Germaniyaning “KfW” taraqqiyot banki “Sog‘liqni saqlash” dasturining uchinchi bosqichini amalga oshirish doirasida O‘zbekistonga beg‘araz 9 million yevro ajratadi.
O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘ tibbiyot asbob-uskunalaridan foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va ularning ta’minoti, tibbiy yordam ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish, klinik yo‘riqnomalar, tibbiyot chiqindilarini ishonchli va ekologik jihatdan xavfsiz yo‘qotish standartlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
O‘tgan yil O‘zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi muzokaralarda bu borada tegishli kelishuvga erishilgandi.
Kecha Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Shuhrat Vafoyev va “KfW” bankining Osiyo sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Ameli D'Suza hamda loyiha menejeri Andrea Graykar o‘rtasida bitim imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning mazkur moliya muassasasi “KfW Bankengruppe” moliya guruhi a’zosi bo‘lib, hamkor davlatlar bilan moliyaviy aloqalarga javob beradi. Jumladan, ushbu bank rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o‘tish davrida bo‘lgan mamlakatlarga barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy infratuzilmalar va atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar uchun investitsiyalar hamda tegishli konsultatsiya xizmatlarini moliyalashtirib beradi.
Ma’lumot uchun, bu bank O‘zbekistonda 1993 yildan buyon faoliyat yuritib kelayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring