“Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Senatda “Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tanlovning tuman (shahar), viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va Toshkent shahar bosqichlari natijalari hamda respublika bosqichiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tanlov jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanganidek, joriy yilning iyul-sentabr oylarida hududlarda tanlovning dastlabki bosqichlari yuqori saviyada oʻtkazildi. Tuman (shahar) bosqichlariga jami 1 460 ta ariza kelib tushdi. Ulardan 1 118 tasi tanlov Nizomi talablariga muvofiq oʻrganilib, bir qator nominatsiyalar boʻyicha baholandi. Natijada 455 ta tashkilot tanlovning hududiy bosqichda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari avgust-sentabr oylarida boʻlib oʻtdi. Bu bosqichlarda jami 455 ta tashkilot faoliyati tanlov Nizomi asosida baholandi. Ishchi guruhlar tomonidan tashkilotlar faoliyati joylarga chiqib oʻrganildi. Natijada 82 ta tashkilot gʻolib deb topilib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Yigʻilish yakunida komissiya aʼzolari tomonidan hududlarda oʻtgan tanlov bosqichi ishtirokchilari hujjatlarini yanada atroflicha oʻrganish, Nizom talablariga amal qilinishi holatini joyiga chiqib tekshirish vazifalari belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring