Gender tengligi – barqaror rivojlanish asoslaridan biri
Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy nashri “Iqbol” gazetasi shu nomdagi loyihaga asos soldi. Maqsad esa yagona – fuqarolarning tenglik huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotdagi, jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash!
-Bugungi kunda viloyatimizda ayollar rahbarligidagi 1,5 mingga yaqin kichik korxona va mikrofirmalar, shuningdek, 200 dan ortiq fermer xoʻjaliklari, 7 ming nafar tadbirkor va hunarmand opa-singillarimiz samarali faoliyat olib bormoqda,-deydi gazeta muharriri Faxriddin Ibaydullayev. – Amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar natijasida respublikamiz parlamentida xotin-qizlar soni 32 foizga yetdi. Barqaror rivojlanish maqsadida 2030-yilgacha gender tenglikni taʼminlash strategiyasi amalga oshirilishi natijasida davlat va jamiyat boshqaruvida ayollar ulushi 35 foizdan ortdi.

Z. M. Bobur nomli viloyat axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtgan taqdimotda loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar xususida fikr yuritildi.
-Gender tenglik deganda, koʻpchilik xotin-qizlar manfaati va huquqlarini himoya qilishni tushunadi,-deydi Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Gulxayo Xolmatova. -Aslida esa bu fuqarolarning tenglik huquqlari demakdir. Biz nafaqat, opa-singillarimizning, balki, erkaklarning manfaatlarini himoya qilishimiz, qaynona va kelinlar oʻrtasidagi tenghuquqlilikni taʼminlashimiz kerak. Buning uchun ushbu loyihadan unumli foydalanishimiz kerak.

Taqdimotda taʼkidlanishicha, gazetada ushbu loyiha davomida 5 oy mobaynida mavzuga doir 19 ta maxsus sahifa chop etiladi. 5 ta oliy oʻquv yurtlarida seminarlar tashkil etilib, “Biz gender tengligi haqida nimalarni bilamiz?” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi boʻlib oʻtadi.
Saminjon HUSANOV, ”Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring