Gʻazoda qancha jurnalist halok boʻlgan?
Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi (CPJ) xabariga koʻra, XAMAS boshchiligidagi 7-oktyabr hujumlari ortidan urush boshlaganidan beri 150 dan ortiq falastinlik jurnalist halok boʻlgan. Bu CPJ 1992-yilda maʼlumot toʻplashni boshlaganidan buyon jurnalistlar uchun eng qonli davr boʻldi.
Shu hafta boshida “Safa” nomi bilan tanilgan Falastin matbuot agentligida ishlovchi jurnalist Muhammad Bashir Al-Tolmes Isroil Gʻazo shahrida uyushtirgan havo hujumi oqibatida jiddiy jarohatlar olib vafot etdi. U Ahlam Tluli oʻldirilganidan keyin dushanba kuni halok boʻlgan ikkinchi jurnalist edi.
Isroil harbiylari “CNN” telekanaliga havo hujumi haqida aniq izoh va maʼlumot bera olmasligini bildirib, shunday qoʻshimcha qilgan: “Davom etayotgan otishmalarni hisobga olsak, faol jangovar zonada qolish xavfli boʻlishi tabiiy”.
Seshanba kuni berilgan zarbalar natijasida Jenin shahrida 4 nafar XAMAS jangchisi hamda 15 yoshli bolakay va bir erkak ham halok boʻlgan. Isroil uyushtirgan ushbu zarbalar Jeninga bir oydan ortiq vaqt davomida ilk hujum ekanligi aytildi.
Qizigʻi, zarba Qatar poytaxti Dohada XAMAS va Isroil oʻrtasida Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha bilvosita muzokaralar davom etayotgan bir paytda uyushtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring