Gaz quvurlariga yashirin oʻrnatilgan xomut va hovuzlar fosh etildi
Joriy yilning oktyabr oyida “Oʻzbekneftgaz” AJ aloqa kanallariga gaz quvuri mexanik ravishda teshilib, mahsulotni oʻgʻirlash uchun xomut oʻrnatilgani haqida maʼlumot kelib tushdi.
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidan Gazli gazni qayta ishlash zavodiga kondensat yetkazib beruvchi ushbu quvur “Oʻzbekneftgaz” AJning hududiy komplayens inspektorlari va Boshqarmaning qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan zudlik bilan oʻrganib chiqildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda quvurdan taxminan 600 metr uzoqlikda qumga koʻmilgan rezina shlang hamda polietilen plyonka bilan qoplangan, oʻlchami 2x4 metr kavlangan chuqur aniqlandi.
Kuzatuvlar jarayonida xodimlarda Boshqarmaga qarashli uzunligi 66 km boʻlgan magistral quvur yoʻnalishida nomaʼlum shaxslar boshqaruvidagi, davlat raqami yashirin boʻlgan “UAZ” rusumli avtoulovlarning serqatnov boʻlib qolgani shubha uygʻotdi.
Oʻrganishlar natijasida mazkur yoʻnalishdagi quvurga oʻrnatilgan yana bitta xomut va undan taxminan 700 metr uzoqlikkacha tortilgan shlang hamda polietilen plyonka bilan qoplangan hajmi 10x2,5m boʻlgan hovuz topildi.
Ushbu holatlar boʻyicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring