Gashishni tashish mumkin emas!
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining internet-doʻkonlar orqali sotilishi hamda “zakladka” usulida tarqatilishiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor tadbirlar Toshkent shahrining Yashnobod hamda Mirzo Ulugʻbek tumanlarida boʻlib oʻtdi.
Unda A. N. ning koʻrsatmasi asosida Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan dehqon bozori hojatxonasi koʻzdan kechirilib, ogʻirligi 20 gramm boʻlgan “gashish” giyohvandlik vositasining hojatxona ortiga yashirib qoʻyilgani aniqlandi.
Mazkur tadbirlar davom ettirilganida, A. N. ning jinoiy sherigi T. S. Mirzo Ulugʻbek tumani “Olmachi” mahallasi hududida qoʻlga olindi. T. S. tekshirilganida, kamzulining oʻng choʻntagidan ogʻirligi 11 gramm boʻlgan “gashish” giyohvandlik vositasi topildi.
Shuningdek, “Olmachi” mahallasida joylashgan A. N. xonadoni koʻzdan kechirilib, oshxonada 2 oʻramda ham jami ogʻirligi 525 gramm boʻlgan “gashish” topildi. Xonadonning yotoqxonasida esa giyohvandlik vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan “zip” paketlar, 2 dona elektron tarozi, magnit moslamalari hamda 144 dona alohida qadoqlangan, magnit moslamalari biriktirilgan oʻramlar bilan birga, ogʻirligi 276 grammni tashkil etuvchi “gashish” saqlanib kelinayotgani fosh etildi.
Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Otabek ISROILOV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring