Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
Arxiv foto
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.
Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.
AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noemning soʻzlariga koʻra, Garvard auditoriyalari AQSHga qarshi mafkura va HAMAS tarafdori qarashlar bilan zaharlangan.
Bungacha AQSH Taʼlim vazirligi Garvard universitetini 2,2 milliard dollar mablagʻdan mahrum qilgan edi.
OAV maʼlumotlariga koʻra, universitet rahbariyatidan, xususan, moliyalashtirishni saqlab qolish uchun xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik dasturidan voz kechish talab qilingan. Biroq, 14-aprel kuni Garvard hukumatga xususiy universitetga nimani oʻrgatish, kimni talabalikka qabul qilish va kimni ishga olish haqida buyruq berishga ruxsat bermasligini taʼkidladi.
Bungacha AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetining soliqdan ozod qilingan maqomidan mahrum boʻlishlari mumkinligi haqida aytgandi.
Uning soʻzlariga koʻra, agar Garvard “siyosiy, mafkuraviy, terrorizmdan ilhomlangan, terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi illat”ni targʻib qilishda davom etsa, universitet siyosiy tashkilot sifatida soliqqa tortilishi kerak. Shu oʻrinda Oq uy rahbari soliqsiz maqom faqat “jamoat manfaati yoʻlidagi harakatlarga” bogʻliqligini eslatib oʻtdi.
Garvard nafaqat AQSHning, balki dunyoning eng mashhur universitetlaridan biri hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring