Andijonda “Barselona” muxlisi “Real” muxlisini 600 dollar uchun bo‘g‘ib o‘ldirdi


Andijon viloyatining Marhamat tumanida ikki nafar futbol muxlisining o‘zaro garov bog‘lashi mudhish qotillik bilan tugadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining rasmiy nashri “Postda” xabar bermoqda.
Xabarda qayd qilinishicha, Bahrom va Sherzod (ismlar o‘zgartirilgan) ikki sevimli jamoasining Yevropa chempionlar ligasidagi g‘alabasi uchun pul tikishgan. Ularning biri “Real”ga, boshqasi esa “Barselona”ning g‘alabasi uchun 600 AQSH dollaridan garov bog‘lashgan.
Bu o‘ziga xos garovda Bahrom yutib chiqqan, ya’ni “Real” YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng Bahrom Sherzoddan garov pulini talab qila boshlaydi. Avvaliga Sherzod bu shunchaki o‘yinligini tushuntirishga urinadi, ammo Bahrom pulni olish uchun Sherzodni tinch qo‘ymaydi va har safar uni ko‘rganida pulni so‘rayveradi. Surab uyigacha keladi. Bir necha oy ichida Sherzod unga kelishuvning 100 dollarini bera oladi. Ammo bunga ko‘nmagan Bahrom qarz borasida Sherzodning otasini ham xabardor qilish bilan tahdid qila boshlaydi.
Pulni to‘lay olishiga ko‘zi yetmagan Sherzod shundan so‘ng, Bahromdan qutulishga qaror qiladi. Kunlarning birida uni qishloq chekkasidagi ariq yoniga, pulni berish bahonasida chaqirib, uni arqon yordamida bo‘g‘ib o‘ldiradi.
Sud Sherzod Muxtorov tomonidan sodir etilgan qotillikni o‘rganib chiqib, unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- “Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring