Gʻarb Trampning Yevropani vayron qilishidan qoʻrqmoqda

Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp tashqi siyosati bilan Yevropani vayron qiladi. Bu haqda “The New York Times” xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspertlarga tayanib yozmoqda.
“Tramp Ukrainadan boshlab Yevropani yoʻq qilish niyatida ekanligiga shubha yoʻq. Oʻta oʻngchilarning kuchayishi Yevropa Ittifoqini yoʻq qilish maqsadiga erishishda muhim rol oʻynaydi», deydi Italiyaning “Istituto Affari Internazionali” tahlil markazi direktori Natali Tocci.
Ekspertning fikricha, Trampning intilishlariga sabab, u Yevropani AQSH uchun “nafaqat raqobatchi, balki iqtisodiy va hatto mafkuraviy tahdid” sifatida ham koʻradi.
Oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlariga oʻz talablari bilan “uyda oʻtirishni” va “bu darajaga qanday etib kelgani” haqida oʻylashni taklif qilgandi. Bundan tashqari, Rossiya yetakchisining taʼkidlashicha, Tramp mojarolarni hal qilishda Yevropa yetakchilariga qaraganda koʻproq taʼsir koʻrsata oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring