“Galaxy S25+” va “S25 Ultra” ustidan ishlab chiqaruvchiga shikoyatlar kelib tushmoqda

“Samsung” telefonlarining eng katta kamchiliklaridan biri ularning quvvatlanish tezligidir. Kompaniya smartfonlaridan foydalanuvchilar ayrim modellarning ustidan shikoyat qilishmoqda. Bu haqda “Android Police” nashri xabar berdi.
“Galaxy S25+” va “S25 Ultra” foydalanuvchilari quvvatlash bilan bogʻliq muammolar haqida “Samsung”ning rasmiy sahifalarida shikoyatlar qoldirgan.
Eng koʻp uchrayotgan kamchilik qurilmalar juda sekin quvvatlanishidir. Foydalanuvchilar smartfon ekranida “Super Charging 2.0” funksiyasi yoqilganda ham ahvol oʻzgarmayotganini taʼkidlashgan.
Muammo asl 45 Vt kuchga ega quvvatlash qurilmasi bilan ham yuzaga kelgan. Baʼzi foydalanuvchilar tez zaryadlash funksiyasini oʻchirib qoʻyish telefonning sekinroq boʻlsada, yaxshi quvvat olishini aniqladi.
“Samsung” rasmiylari muammoni yangilanishlar orqali hal qilishini aytib,“S25” egalariga 5A USB-C kabeli oʻrniga telefon bilan birga kelgan 3A kabelidan foydalanishni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring