Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela terma jamoalari Oʻzbekistonga keladi
Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan “FIFA Series” turnirida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkaziladigan mazkur turnirda, mezbon Oʻzbekistondan tashqari, musobaqada Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela milliy terma jamoalari ishtirok etadi», — deyiladi federatsiya xabarida.
Maʼlumot uchun, FIFA tomonidan har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan “FIFA Series” xalqaro futbol musobaqasi doirasida turli konfederatsiyalarga mansub milliy terma jamoalar oʻrtasida xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Musobaqa mini-turnirlar shaklida oʻtkazilib, har bir mini-turnirda toʻrt jamoa ishtirok etishi hamda bellashuvlar bitta markazlashgan mezbon davlatda boʻlib oʻtishi belgilangan.
“FIFA Series”ning 2026-yilgi turnirlariga Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston, Ozarbayjon, Indoneziya, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko va Ruanda mamlakatlari mezbonlik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring