G7 diplomatlari Kanadada yigʻilyapti
Illyustrativ foto
Kanada G7 (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH) davlatlari tashqi ishlar vazirlari yigʻilishini qabul qilmoqda. Bu Donald Tramp hokimiyatga qaytganidan keyin kuchli yettilikning birinchi uchrashuvi hisoblanadi. Uchrashuv Kanada sharqidagi Sharlevua mintaqasida boʻlib oʻtadi.
Tadbirda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham qatnashadi. Asosiy savol shuki, Rubio tashkilotga doʻst sifatida qatnashadimi yoki dushman? “The New York Times” gazetasiga koʻra, Rubio G7 diplomatlarini Ukrainadagi urushni tugatishga eʼtibor qaratishga ishontirmoqchi.
AQSH va guruh hamkorlari uchun yana bir muammoli mavzu Vashington tomonidan Kanada hamda boshqa davlatlarga qarshi boshlangan savdo urushidir. Soʻnggi haftalarda Tramp bir necha bor Kandani AQSHning 51 shtati, deb atagan va Kanadaga qarshi bojlarning joriy etilishini oʻzini ekspansionistik bayonotlari bilan bogʻlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring