Futzal boʻyicha Oʻzbekiston Superkubogi uchun bahs 26-avgust kuni boʻlib oʻtadi
Futzal boʻyicha anʼanaviy Oʻzbekiston Superkubogi uchun tashkil etiladigan bahs 26-avgust kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi oʻz sahifasida maʼlumot berdi.
“2025/2026-yilgi futzal mavsumini Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvi ochib beradi. Birinchi marta Superkubok bahsi mamlakatimizning eng muhtasham sport majmuasi, futzal boʻyicha jahon chempionati oʻyinlarini qabul qilgan «Humo Arena”da boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Superkubogi uchun Jizzaxning BMB hamda Buxoroning “Oil Star” jamoalari maydonga chiqishadi. Uchrashuv 26-avgust kuni boʻlib oʻtadi», — deyiladi federatsiyaning telegram kanalida.
Aytishlaricha, ushbu tadbirga tashkilotchilar yaxshigina tayyorgarlik koʻrmoqda. Mazkur tadbirda Ronaldinyo va boshqa futbol yulduzlari ishtirok etishi mumkinligi haqida federatsiyada gap-soʻzlar yuribdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring