Futbol boʻyicha jahon chempionatiga yoʻllanma qoʻlga kiritgan jamoalar soni 15 taga yetdi
Illyustrativ foto
Joriy yil futbol boʻyicha Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar soni 15 taga yetdi.
Seshanba kuni Osiyo qitʼasi saralash turniri doirasidagi oʻyinda Janubiy Koreya terma jamoasi safarda Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinning 53-daqiqasida Kim Jin Su jamoasini oldinga olib chiqqan boʻlsa, 71-daqiqada Kvon Chang Xun yakuniy hisobni oʻrnatdi.
Shu tariqa Janubiy Koreya terma jamoasi 20 ochko jamgʻarib, JCH-2022ning 15-ishtirokchisiga aylandi.
Bungacha Qatar (mezbon), Eron, Argentina, Belgiya, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Serbiya, Shveysariya, Fransiya, Xorvatiya, Daniya, Angliya va Gollandiya terma jamoalarining musobaqada ishtirok etishi aniq boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring