Fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga ID-kartalar topshirildi

Prezidentimizning 2025-yil 11-sentyabrdagi farmoniga asosan Xorazm viloyati hududida yashovchi 1 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxsning fuqaroligi tiklandi, 3 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Viloyat hokimi Joʻrabek Raximov ushbu shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi ID-kartasini tantanali ravishda topshirdi. Fuqarolikka qabul qilingan yurtdoshlarimiz koʻp yillik orzu-umidlari ushalganini chin dildan eʼtirof etib, Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
— Oʻzbekistonda doimiy istiqomat qilib, Vatanimiz taraqqiyotiga oʻzlarining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan eldoshlarimiz qatorida men ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindim, — deydi Bogʻot tumanida istiqomat qiluvchi Olim Jumaniyozov. — Buning uchun davlatimizdan, bagʻrikeng Prezidentimizdan umrbod minnatdorman. Shunday mehr-oqibatli mamlakatning teng huquqli fuqarosi ekanimdan gʻururlanaman. Bu tarixiy sana men va oilamiz aʼzolari uchun eng quvonchli, unutilmas kun boʻlib qoldi. Bu xayrli ishlar yurtimizda inson manfaatlari, qadr-qimmati yuksak darajada ulugʻlanishining yana bir amaliy ifodasidir. Jonajon yurtimizga koʻz tegmasin, xalqimiz turmushi farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar bardavom boʻlsin.
Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring