Fuqarolar davlatga 2024-yilda qancha “yashil energiya” sotdi?

2024-yilda 10 826 nafar oʻzbekistonlik davlat elektr tarmoqlariga oʻtkazgan quyosh energiyasi uchun 12 mlrd 182 mln soʻm subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi Xorazm viloyatiga (2,8 mlrd soʻm) toʻgʻri kelmoqda. Keyingi oʻrinlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1,9 mlrd soʻm) va Toshkent shahri ( 1,4 mlrd soʻm) turibdi.
Quyosh energiyasi orqali olingan pullarni “Soliq” mobil ilovasi “Keshbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoshli xonadon” boʻlimidagi “Kartaga pul oʻtkazish” oynasida bank kartasiga oʻtkazib olish mumkin.
Taʼkidlash joiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 soʻmdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring