Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, siyosiy muloqot va davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sayyohlik, ilmiy-texnikaviy sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, mamlakatimizning global va mintaqaviy tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, xalqlarimiz orasida do‘stlik rishtalari, hamjihatlik va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlari uchun Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez xonim O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring