Fransiyada Makron haqida xavotirli bashorat qilindi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hokimiyatni saqlab qolish uchun hamma narsani qiladi. Bu fikrlarni tahlilchi Klod Janvye “RT” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Uning eslatishicha, Fransiyada prezident faqat ikki muddatga saylanishi mumkin. Biroq hukumat Konstitutsiyaga mumkin boʻlgan oʻzgartirishlar haqida hozirdanoq gapirmoqda.
“U oʻzining uzoq yillik doʻsti Richard Ferranni Konstitutsiyaviy kengash rahbarligiga juda ehtiyotkorlik bilan qoʻydi. U bir muddat avval nega prezidentning uchinchi muddatga saylanishiga yoʻl qoʻymaslik kerak, degan edi. Endi hech narsani inkor etib boʻlmaydi”, — deydi ekspert.
Avvalroq Fransiya bosh vaziri Fransua Bayru hukumati deputatlar unga ishonchsizlik bildirgani uchun isteʼfoga chiqqan edi. Bayru soʻnggi uch yil ichida Fransiyada isteʼfoga chiqqan toʻrtinchi bosh vaziri boʻldi. Uning hukumatdan ketishini fransuzlar bayram sifatida nishonladi.
“Minglab namoyishchilar Fransua Bayru hukumati qulaganini 8-sentyabr kuni shahar hokimiyatlari oldida nishonlashdi”, — deyiladi BFMTV telekanali xabarida.
Butun mamlakat boʻylab, jumladan, Lion, Marsel, Pau, Nissa, Tulon va boshqa shaharlarda jami 200 ta namoyishlari boʻlib oʻtdi. Fransuzlar bannerlar va plakatlar bilan koʻchalarga chiqishdi va shampan shishalarini ochishdi, koʻchalarda musiqalar yangradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring