Fransiya parlamenti hukumatga ishonchsizlik bildirdi
Fransiya Milliy Assambleyasida oʻtkazilgan ovoz berishda koʻpchilik deputatlar hukumatga ishonch bildirmadi. Bu esa bosh vazir Fransua Bayruning isteʼfoga chiqishiga olib keladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 573 deputatdan 558 nafari ovoz bergan. Ulardan 194 nafari hukumatga ishonch bildirgan boʻlsa, 364 nafari qarshi ovoz berdi. Milliy Assambleya Bayru taqdim etgan siyosat bayonotini maʼqullamadi. “Bosh vazir hukumatning isteʼfoga chiqishi haqida prezidentga murojaat taqdim etishi shart”, — dedi parlament quyi palatasi raisi Yael Bron-Pive.
Tinglovlar vaqtida Bayru mamlakat iqtisodiyotidagi inqirozli holatga, ayniqsa davlat qarzining keskin oʻsishiga urgʻu berdi. U shuningdek, 2026-yilgacha davlat xarajatlarini deyarli 44 milliard yevroga qisqartirishni koʻzda tutgan rejani himoya qildi. Rejaga koʻra, pensiyalar va ayrim ijtimoiy toʻlovlarni oshirishdan voz kechish orqali davlat qarzining oʻsishini cheklash rejalashtirilgan edi.
Oppozitsiya vakillari esa bosh vazirni qattiq tanqid qilib, bu holatga ketma-ket hukumatlar va prezident Emmanuel Makronning siyosati sababchi ekanini taʼkidlashdi.
Maʼlum qilinishicha, Makron yaqin kunlarda yangi bosh vazirni tayinlash imkoniyatini koʻrib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring