Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi
Foto: Reuters
Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning “TF1” telekanali xabar berdi.
Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.
400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smenalar sonini koʻpligidan va tunda barcha mashinalarni garajda qoldirishdan norozi boʻlishmoqda.
“Biz hamma narsani beramiz: qoʻshimcha ish, shaxsiy hayot. Ammo tan olish haqida gap ketganda, biz muammoga duch kelamiz”, — deydi ulardan biri.
Manbaga koʻra, politsiyachilarning gʻazabi oʻn yildan beri davom etmoqda, biroq tergov uchun 400 yevro bonus toʻlanishi haqidagi mish-mishlar paydo boʻlgach, u yangi tus oldi. Ofitserlarning fikricha, bu juda kichik summa. Moliyaviy muammodan tashqari, politsiya xodimlari hukumatni politsiya ishining nufuzini tiklash masalasini koʻrib chiqishga chaqirmoqda.
Bungacha, 15-aprel kuni Finlyandiyada 1976-yildan beri birinchi marta politsiyachilar ish tashlashi boʻlib oʻtgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring