Fraksiya yigʻilishida muhim masalalar koʻrib chiqildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini bolalarning dam olish mavsumidan tashqari vaqtda dam olish maskanlari sifatida foydalanishini tashkil etish va bundan olinadigan daromadlari boʻyicha maʼlum bir muddatga foyda soligʻidan ozod etilishi belgilanmoqda. Bundan tashqari, oromgohlarni majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi talab etilmasligi nazarda tutilmoqda.
Deputatlar loyiha bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlaridagi sharoitlarni yanada yaxshilash, kelajagimiz boʻlmish farzandlarimizning taʼtilni mazmunli oʻtkazishi, ularni sogʻlomlashtirish va aqliy rivojlantirish boʻyicha vazifalar samaradorligini oshirishga xizmat qilishini eʼtirof etishdi. Savol-javoblardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Yigʻilishda shuningdek, “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi hamda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Fraksiya aʼzolari qonun loyihasini muhokama qilar ekanlar uning qabul qilinishi birinchi navbatda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini soʻzsiz amalga oshirishga, xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining taʼminlanishiga xizmat qilishini taʼkidlashdi.
Nazarda tutilayotgan oʻzgartirishga muvofiq, mulkdorlarni sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joydan mahrum etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Turli sabablarga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi kafolatlanishi belgilanmoqda. Qonun loyihasi fraksiya aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring