Forbes jurnali Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlar dinamikasi haqida material chop etdi

16:29 02 May 2022 Dunyo
1432 0

Foto: Illustrativ foto

Forbes jurnali Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlar dinamikasi haqida juda sermazmun material chop etdi, unda xorijiy investorlar iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga chaqirilmoqda:

— 2016-yilda prezident Shavkat Mirziyoyev keng qamrovli islohotlarni boshlab yubordi va mamlakatni biznes uchun ochiq deb eʼlon qildi, bu esa butun dunyoda pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib oʻtish imkonini berdi;

— yetarli siyosiy zaxiralar (foiz stavkalarini pasaytirish imkoniyati) va oltinning yuqori bahosi hukumatga iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolgan holda pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini yumshatish imkonini berdi;

— yangi hukumat nima qilayotganini biladi va tobora koʻproq xorijiy investitsiyalarni jalb qilmoqda;

— Gʻarb prezident Sh.Mirziyoyevda Sovet ittifoqi qulaganidan keyingi turgʻunlik vaziyatini oʻzgartira oladigan shaxs sifatida koʻrmoqda;

— Vashington Oʻzbekistonni doʻst sifatida koʻrishdan manfaatdor. Xususiy sektor bunga ishonishi kerak;

— biznes yaxshilandi, Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan soʻng yillik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 3 barobar oshdi. Oʻtgan yili investitsiyalar hajmi 25 milliard dollarga yetgan boʻlsa, soʻnggi 6 yilda 59 mingga yaqin investitsiya loyihasi amalga oshirildi va 2,5 milliondan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi;

— global korporatsiyalar mamlakatni Yevroosiyoda katta istiqbolga ega boʻlgan hudud sifatida koʻradi, mamlakat umumiy Yevropa imtiyozlar tizimiga (GSP+) qoʻshildi;

— Oʻzbekiston Sharq (Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston t/y), Janub (transafgʻon t/y) va Gʻarbga (Janubiy Kavkaz orqali multimodal transport yoʻlagi) eksport qilish uchun yangi transport yoʻlaklaridan foydalanadi;

— jahon sarmoyadorlari Oʻzbekistonga nisbatan optimistik qarashni saqlab turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?