Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qoʻshilish taklifini oldi
Illyustrativ foto
NATO rahbariyati Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga taklif qilishga qaror qildi. Bu haqda tashkilotning Madriddagi sammiti deklaratsiyasida qayd etilgan.
“Bugun biz Finlyandiya va Shvetsiyani NATOga aʼzo boʻlishga taklif qilishga qaror qildik va ularni qabul qilish toʻgʻrisidagi protokollarni imzolashga kelishib oldik”, deyiladi bayonotda.
Bayonotga koʻra, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishi bu mamlakatlar xavfsizligini taʼminlaydi, ittifoqni va transatlantik hamjamiyat xavfsizligini mustahkamlaydi. NATO, shuningdek, alyansning “ochiq eshiklar” siyosatiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
Seshanba kuni Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga taklif qilish boʻyicha eʼtirozlarini qaytarib olgani maʼlum boʻldi. Taxminlarga koʻra, alyansga qoʻshilish taklifi olinganidan soʻng tomonlar kirish shartlarini kelishib olishlari kerak boʻladi. Agar ittifoqqa aʼzo boʻlgan barcha davlatlarning parlamentlari ushbu qarorni ratifikatsiya qilsa Shvetsiya va Finlyandiya NATOga aʼzosiga aylanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring