Finlyandiya kompaniyalari Oʻzbekistonda taʼlim sohasida loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi
Joriy yilning 28-sentyabr kuni “Finlyandiya — Oʻzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda taʼlimni rivojlantirish” mavzusida onlayn konferensiya oʻtkazildi.
Ushbu tadbir ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim sohasi boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, xususan Finlyandiya va Oʻzbekiston kompaniyalari uchun oʻzaro aloqa platformasini yaratish va shu orqali taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar va kompaniyalar uchun mos hamkorlar topish va yangi hamkorlik gʻoyalarini amalga oshirilishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida tashkil qilindi.
Taʼlim inspeksiyasi, Oʻzbekiston va Finlyandiya tashqi ishlar vazirliklari, Finlyandiyaning taʼlim va madaniyat vazirligi, taʼlim dasturi, milliy taʼlim agentligi, Finnpartnership dasturi hamda Oʻzbekistondagi faxriy konsulligi hamkorligida tashkil qilingan tadbirda ikki mamlakatdan 100dan ortiq turli tashkilot va kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibidan Oʻzbekiston va Finlyandiya mamlakatlari taʼlim tizimi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtirish, mazkur jarayonda amalga oshiriladigan loyihalar uchun yaratiladigan imkoniyatlar hamda koʻrsatiladigan xizmatlar, taʼlim sohasida ikki davlat hamkorligi borasida erishilgan natijalar bilan bogʻliq masalalar oʻzaro oʻrin oldi.
Tadbirda soʻz olgan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev bu borada amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalarga toʻxtalib oʻtdi:
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan Finlyandiya taʼlim tizimidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va yurtimizda tatbiq etish borasidagi ishlar 2020-yil noyabr oyidan boshlangan boʻlsa, bir yillik yillik muddat ichida uzluksiz va tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Navoiy viloyatidan 8 nafar 9-sinf bitiruvchilari Lappeyenranta shahrida 3 yil davomida oʻqishi fin tomonidan moliyalashtirishga kelishildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Finlyandiyaning Turku amaliy fanlar universiteti hamkorligidagi qoʻshma taʼlim dasturi tashkil etildi. Shuningdek, mazkur universitet bilan hamkorlikda Samarqand davlat universiteti qoshida Oʻzbekiston-Finlyandiya Pedagogika instituti faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ushbu taʼlim dargohi pedagogik taʼlim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, sohaga Finlyandiyaning ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy qilish maqsadida tashkil qilingan.
Bugungi tadbir yuqoridagi ishlarimizning uzviy davomi hamda kelgusida koʻplab yangi hamkorlik loyihalarining asosi boʻlib xizmat qiladi degan umiddamiz. Bu esa hamkorliklar doirasining yanada kengayishi hamda taʼlim xizmati sifatining oshishiga va amaliy natijalarimizning har ikki mamlakat taʼlim rivojiga hissa qoʻshishiga omil boʻladi, – dedi Ulugʻbek Tashkenbayev.
YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Taʼlim shoʻbasi rahbari Dipa Shankar hamkorlik amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihalarning ahamiyatiga toʻxtalar ekan, YUNISEF Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Taʼkidlash lozim, mazkur hamkorlik loyihalarida qatnashish uchun mamlakatimizdagi ilmiy tadqiqot markazlari va institutlar, oliy taʼlim muassasalari, oʻquv markazlari, nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohasiga yoʻnaltirilgan turli biznes loyihalari orasidan 32 ta tashkilot takliflari saralab olindi. Tadbir davomida mazkur tashkilotlar vakillari oʻz loyihalari boʻyicha Finlyandiya vakillariga qisqacha taqdimot oʻtib berishdi.
Oʻz navbatida Finlyandiya tomonidan Oʻzbekiston bilan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish istagida boʻlgan 23 ta biznes loyiha va tashkilot oʻz taqdimotlari bilan qatnashdi. Ushbu tashkilotlarning qisqacha taqdimoti Finlyandiya va Oʻzbekiston kompaniyalari uchun aloqa platformasiga joylashtirildi.
Finlyandiyaning Vision Factory kompaniyasi direktori Krista Keranen xonim taʼkidlashicha, loyihalarda ishtirok etish istagida boʻlgan kompaniya vakillari platformaga kirib har bir tashkilot haqida batafsil olishlari hamda qaysi tashkil bilan qanday yoʻnalishda hamkorlik qilish boʻyicha oʻz takliflarini qoldirishlari va aloqa oʻrnatishlari mumkin.
Shuningdek, oʻz navbatida Finnpartnership dasturi direktori Birgit Nevala xonim Finlyandiya vakillari Oʻzbekiston bilan taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini taʼkidlar ekan, ushbu tadbir yangi loyihalarga debocha boʻlib xizmat qilishini maʼlum qildi.
– Avvalo mazkur tadbirni oʻtkazishda Taʼlim inspeksiyasi tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni olqishlayman. Ushbu davra suhbati Oʻzbekiston va Finlyandiya oʻrtasida taʼlim sohasidagi raqamli texnologiyalari yoʻnalishlarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarning oʻzaro hamkorlik aloqalarini takomillashtirishi uchun muhim omil hisoblanadi.
Bugungi muloqot oʻzaro ehtiyojlar boʻyicha tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qilgan boʻlsa, keyingi tadbirlarda tomonlar oʻrtasida oʻzaro uchrashuvlar tashkil etilib, jarayon yanada takomillashtiriladi, – dedi Finnpartnership kompaniyasining dasturlar boʻyicha direktori.
Taʼkidlanishicha, joriy yilning 12-oktyabr hamda 9-noyabr kunlari tadbirning keyingi bosqichlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bunda tomonlar guruhlarga boʻlingan holda biznes loyihalari boʻyicha amalga oshiriladigan hamkorlik aloqalari boʻyicha batafsil maʼlumot berish hamda istiqboldagi rejalarni oʻzaro muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Maʼlumot uchun: Finnpartnership – Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan va Finnfund tomonidan boshqariladigan biznes hamkorlik dasturi boʻlib, fin kompaniyalari uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda biznes imkoniyatlarini baholashdagi zarur moliyaviy mablagʻ, aloqa va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi. Shu bilan birgalikda, fin kompaniyalari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorlik loyihalari uchun mablagʻ ajratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring