FIFA reytingi yangilandi. Oʻzbekiston milliy jamoasi nechanchi oʻrinda?

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi sentyabr oyi uchun milliy jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar berilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻtgan oydagi oʻrnidan 1 pogʻona yuqorilab, 60-oʻrindan joy oldi.
Terma jamoamiz hisobida 1413,06 ochko bor va Osiyoning umumiy reytingdagi 8-jamoasi boʻlib turibdi. Osiyo davlatlari orasida Yaponiya 16-oʻrin, Eron 19-oʻrin va Janubiy Koreya 23-oʻrinni qayd etib kuchli uchlikni tashkil qilgan.
Reytingning eng yuqori oʻrnida amaldagi Jahon chempioni Argentina jamoasi oʻrin olgan. Keyingi oʻrinlarda Fransiya hamda Ispaniya termalari joylashgan.
Bu oy uchun reytingda eng katta tushish Qatar jamoasiga tushish boʻldi. Qatar jamoasi 10 pogʻona pastlab, 44-oʻrinda qayd etilgan. Eng yaxshi oʻsish esa Bruney davlatiga tegishli boʻlib, 7 oʻringa koʻtarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring