Fevral oyida beshta bank jarimaga tortildi

20:00 24 Mart 2025 Iqtisodiyot
294 0

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan shu yilning fevral oyida 8-marta yigʻilish oʻtkazilib, 43 ta masala koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Kredit tashkilotlari ustaviga oʻzgartirish kiritishda sakkizta, yangi mikromoliya tashkilotlarini roʻyxatga olishda uchta, kredit tashkilotlari ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berishda beshta, vakolatxona ochish uchun bitta, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim xodimlarning nomzodlarini koʻrib chiqishda oʻn uchta masala muhokama qilindi.

Shuningdek, taʼsischilari tomonidan tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan “Ishonch Plyus Hamkor” mikromoliya tashkiloti davlat reyestridan chiqarildi.

Bundan tashqari, banklarning moliyaviy holati boʻyicha 12 ta masala muhokamasi oʻtkazilib, uchta bank iqtisodiy meʼyorlar va qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun ogohlantirildi hamda beshta bankka oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli jarima sanksiyalari qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер