Fermer xoʻjaliklariga 1,9 mlrd. soʻmdan ortiq soliqlarni boʻlib toʻlash imkoni berildi
Fermer xoʻjaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan.
Qarorga muvofiq, Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizalar elektron tarzda qabul qilinib, 5 kun muddatda koʻrib chiqilmoqda.
2023-yil 1 oktyabr holatiga 209 ta korxonaga umumiy miqdori 1,9 mlrd. soʻmdan ortiq soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni berildi.
Soliq toʻlovchilar mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun my3.soliq.uz portalidagi xizmatlar menyusidan “Soliq qarzlarini boʻlib-boʻlib toʻlash yoki kechiktirish” xizmati orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring