Farzandini 120 mln soʻmga “pullayotgan” ayol ushlandi
2020-yilning 28-oktyabr kuni Xorazm viloyat IIB va DXX Xiva shahar boʻlimi xodimlari bilan hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 22 yoshli S.M. moddiy daromad orttirish maqsadida, oʻzining 2020-yilning 2-iyun kuni tugʻilgan voyaga yetmagan 4 oylik qiz farzandi Z.M.ni tadbirga jalb qilingan fuqarolar I.X. va N.R.ga 120 mln. soʻm evaziga sotishga kelishib, kelishilgan pulning 5.000 AQSH dollarini olib, qizi Z.M.ni sotgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha S.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok qilishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring