Farrux Usmonov Yaponiya imperatorining ordeni bilan taqdirlandi

Poytaxtimizdagi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi qarorgohida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi direktori Farrux Usmonovga Yaponiya imperatorining “Chiqayotgan quyosh, oltin va kumush nurlari” ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ordenni Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xatori Takashi janoblari topshirdi. Mazkur orden yuqori darajadagi mukofot bo‘lib, o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan shaxslargina bu ordenga munosib topiladi.
Tadbirda so‘zga chiqqan elchi Xatori Takashi janoblari imperator ordeni F.Usmonovga o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda yapon madaniyatini ommalashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy almashinuv va ijodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasining e’tirofi sifatida berilganini qayd etdi.
Abduvali SOYIBNAZAROV
(“Xalq so‘zi”) .
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring