Fargʻonalik taekvondochilar – shohsupada

12:00 30 Mart 2022 Sport
664 0

Foto: Халқ сўзи

Shu yilning 24-27-mart kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida taekvondo WTF boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtgan va unda shiddatli bahslar yakuniga koʻra 13 ta medalni qoʻlga kiritgan Fargʻona viloyati jamoasi faxrli 1-oʻrinni egallagan edi.

Iqtidori, sabot va mahorati bilan kubok peshqadami boʻlgan fargʻonalik sportchilar ayni paytda navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborganlar. Darvoqe, Gulistonda oʻtgan mamlakat kubogida ularning olti nafari oltin medal sohibi boʻlib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

— Mamlakat va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalar gʻolibi boʻlgan ustozlarimizdan mahorat saboqlarini oʻrganmoqdamiz, — deydi 68 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan Shahlo Munavvarova. — Kelajakda Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish orzusidaman.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер