Fargʻonadagi Ekoshaharda bayram nafasi ufurmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahrida zamonaviy shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari asosida bunyod etilgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi – Ekoshahardagi amfiteatrda ilk bor mamlakatimiz mustaqilligining 33-yillik tantanalari boʻlib oʻtdi.
“Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida oʻtkazilgan tantanali tadbir avvalida Fargʻona viloyati hokimi qatnashchilarni bayram bilan tabrikladi.
Bayram tabrigida davlatimiz rahbari Farmoniga koʻra, mustaqilligimizning 33-yilligi bayrami munosabati bilan yuksak unvon va mukofotlarga sazovor 20 nafardan ziyod fargʻonaliklarga alohida ehtirom koʻrsatildi. Parij – 2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida chempion boʻlgan ikki nafar fargʻonalik sportchilarga alohida ehtirom koʻrsatildi.
Taʼkidlash joizki, keyingi yetti yilda viloyatga qariyb 77 trillion soʻmlik investitsiyalar jalb etildi. Nufuzli xorij kompaniyalari va tadbirkorlari hamkorligida istiqbolli loyihalar foydalanishga topshirildi. Ayni paytda viloyatda 729 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Birgina joriy yilning oʻzida viloyatda xorijlik investorlar va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 1,3 milliard dollardan ortiq boʻlgan mingdan ortiq loyihalar ijrosi taʼminlandi.
Bayram dasturida mashhur estrada yulduzlari va yosh sanʼatkorlarning chiqishlari barchaga zavq ulashdi. Fargʻona osmonidagi mushaklar jilosi qalblarga xushnudlik baxsh etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring