Fargʻonada “Taʼlim va kasb – 2025” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Taʼlim va kasb – 2025” xalqaro koʻrgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlar hamda yurtimizdagi 20 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarining vakillari ishtirok etdi. Koʻrgazma davomida ishtirokchilar taʼlim yoʻnalishlari, yaratilgan sharoitlar, taʼlimdagi imtiyozlar, stipendiya dasturlari va yaqin istiqboldagi rejalar haqidagi taqdimotlarni tinglash imkoniga ega boʻlishdi.
Qiziqarli suhbatlar, davra muhokamalari va maʼlumot sessiyalari kuni boʻyi davom etdi. Fargʻonalik 10 ming nafarga yaqin bitiruvchi yosh mazkur koʻrgazmada ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
— Kelajakda dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishni niyat qilganman, — deydi Fargʻona shahridagi 14-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Usmonjon Safarov. — Bugungi xalqaro koʻrgazmadan koʻplab kerakli maʼlumotlarga ega boʻldim. Taʼlimni aʼlo baholarga yakunlamoqdaman. Imtihonlardan ham muvaffaqiyatli oʻtib, maqsadimga yetishimga ishonaman.
Taʼkidlash joizki, keyingi yillarda anʼanaga aylangan “Taʼlim va kasb” xalqaro koʻrgazmasi kasb tanlash arafasida turgan bitiruvchi yoshlar uchun muhim axborot maydoni, oʻziga xos tajriba maktabi sifatida xizmat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring