Fargʻonada “prava” olib berishni vaʼda qilgan mansabdor ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Fargʻona viloyatining Quvasoy shahrida oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan avtomaktab xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Quvasoy shahri boʻlimi hamda IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazgan tezkor tadbirda “X.A.” NTT avtomaktabi xodimi G.U. fuqaro J.M.ga oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmasdan “B., C.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1,5 ming dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring