Farg‘onada “O‘zbekiston qahramonlari” kitob-albomi taqdimoti o‘tkazildi
Foto: «Xalq so‘zi»
Farg‘ona davlat universitetida “O‘zbekiston qahramonlari” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar qatnashdilar.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan nashr etilgan kitob-albom xalqimizning zamonamiz qahramonlariga ehtiromi ramzidir. Unda yurtimiz ravnaq-rivojiga munosib hissa qo‘shib, ushbu yuksak unvonga loyiq ko‘rilgangan 103 nafar hamyurtlarimizning ibratli hayoti va faoliyati haqida ma’lumot berilgan.
- Albatta, bunday e’tibor va rag‘batga munosib bo‘lish uchun astoydil mehnat qilish, barcha jabhalarda yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlarida fidoyilik ko‘rsatish zarur,-deydi O‘zbekiston Qahramoni Ulug‘bek Umarov. – Shu ma’noda, kitobda islohotlar jarayonida xizmatda kamarbasta bo‘lgan bir guruh farg‘onalik zamondoshlarimizning umr yo‘llari aks etgani bilan ham haqli ravishda faxrlanamiz.
Taqdimot marosimida farg‘onalik qahramonlar haqida hikoya qiluvchi videorolik hamda universitet talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring