Fargʻonada “Nexia-3” qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, “Tico” bilan toʻqnashdi. Qurbon bor

Foto: Fargʻona YHXB
Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida “Nexia-3” qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, “Tico” bilan toʻqnashdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 5-may kuni soat 16:00 larda Fargʻona tumani “Fargʻona-Vodil-Hamzaobod” avtomobil yoʻlining 14-kilometrida sodir boʻlgan.
24 yoshli haydovchi “Nexia-3” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, quvib oʻtish qoidasini buzgan va qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib harakatlangan. Oqibatda oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan boshqaruvidagi “Tico” rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuv tufayli “Tiko”ning 1960-yilda tugʻilgan haydovchisi vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar yoʻlovchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida “Damas” haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Nexia-3”ga borib urilgani haqida xabar berilgan edi. shuningdek, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring