Fargʻonada “Nexia-1” uch nafar maktab oʻquvchisini urib ketdi
Foto: Fargʻona YHXB
Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida “Nexia-1” uch nafar maktab oʻquvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea bugun, 16-oktyabr kuni soat 12:30 larda Margʻilon shahar “B.Margʻiloniy” koʻchasida joylashgan 33-sonli umumtaʼlim maktabi qarshisida yuz bergan. Uch nafar oʻquvchi ushbu koʻchadagi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan vaqtida 27 yoshli haydovchi “Nexia-1” rusumli transport vositasida ularni urib ketgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻl-transport hodisasi oqibatida 1 nafar oʻquvchi davolanish uchun shifoxonaga yuborilgan, 2 nafariga esa birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring