Fargʻonada maʼnaviyat festivali
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidan “Biz bir boʻlsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida Maʼnaviyat festivali boʻlib oʻtmoqda.
Fargʻona viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida viloyat boʻylab poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli ijodkor va sanʼatkorlar, olimlar ishtirokida turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
— Festival davomida “Vatan madhi” konsert dasturi, “Mutolaa marafoni”, “Eng maʼnaviyatli mahalla” tanlovi, “Maʼrifat tur”, “Ziyolilar forumi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Oila – maʼnaviyat qoʻrgʻoni”, “Milliy birdamlik” kabi kitobxonlik, sport musobaqalari hamda ijtimoiy loyihalar boʻlib oʻtmoqda, — deydi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov. — Yuzma-yuz muloqotlar hamyurtlarimizning bugungi islohotlar jarayonidagi faolligini oshirib, daxldorlik tuygʻusini yuksaltirishiga ishonamiz.
Xususan, Margʻilon shahridagi “Doʻstlik”, “Baxrin” va “Saxovat” MFYda oʻtkazilgan tadbirlarda teatrlashtirilgan badiiy dastur tashkil etildi, qatnashchilar qadrdon kuy-qoʻshiqlar, sheʼriy mushoiradan bahramand boʻlishdi.
“Inson qadri” loyihasi doirasida Margʻilon shahrida istiqomat qiluvchi bir guruh nuroniylardan xabar olinib, ularga yuksak hurmat va ehtirom koʻrsatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring