Fargʻonada gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi qoʻlga olindi
Foto: DXX
Fargʻona viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib, korrupsion holatlarga qoʻl urgan mansabdor shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Fargʻona viloyatidagi tumanlardan birining gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan holda, 10 ta xonadonni yuqori bosimli tabiiy gaz tarmogʻiga ulab berish evaziga har bir xonadondan 1000 dollaridan jami 10 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini oʻzining tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.
Taʼkidlanishicha, tuman gaz taʼminoti boʻlimi rahbari muqaddam sudlangan boʻlsada oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan qingʻir yoʻllarda foydalanishga harakat qilgan. U Quva tumanida joylashgan 4 sotix yer maydonida qurilishi tugallanmagan bino-inshootlarning hujjatlarini kadastr, arxitektura kabi mutasaddi tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilgan.
DXX va Prokuratura departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis oldindan 1000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring