Fargʻonada Fransiya kompaniyasi turizm maskani barpo etishni rejalashtirmoqda

12:13 05 Iyun 2024 Jamiyat
156 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hokimligida Fransiyaning “Montagne et Neige Développement” (MND) kompaniyasi hududiy direktori Orxan Shirin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Yuzma-yuz muloqotda kompaniyaning mahalliy hamkorlari ham ishtirok etdi.

Aytish joiz, ushbu kompaniya dunyoning koʻplab mamlakatlarida yirik turistik infratuzilma loyihalarini amalga oshirgan. Samimiy suhbatda kompaniya tomonidan Fargʻona viloyatida arqon yoʻl va osma koʻpriklarni oʻz ichiga olgan ommaviy turizm maskani barpo etish loyihasini amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

— Ayni paytda “Chimyon turistik zonasini qurish” loyihasi doirasida eʼlon qilingan tender gʻolibi sifatida kompaniyamiz tomonidan keng koʻlamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda, — deydi Orxan Shirin. — Bu borada Fargʻona viloyatida ham turizm majmuasi qurishni maqsad qilganmiz.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mazkur turizm maskanini sayyohlik salohiyati yuqori boʻlgan va “Oʻzbekiston Shveysariyasi” deya ataluvchi Shohimardon hududida bunyod etish ustida ish boshlashni taklif etdi. Dastlabki bosqichda bosh reja ishlab chiqilib, tasdiqlangan bosh reja asosida Yevropa banklaridan imtiyozli kredit mablagʻi jalb etish boʻyicha muzokaralar olib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер