Fargʻonada dorboz boshi bilan yerga tushgani va vafot etgani rostmi?
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi sirkda arqon uzilib ketishi oqibatida dorboz boshi bilan yerga tushgani va vafot etgani haqidagi xabar tarqaldi.
SSV Matbuot xizmati vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan bogʻlandi. Maʼlum boʻlishicha, haqiqatan ham shu yilning 23-fevral kuni soat 19:25 ga yaqin dorbozlik bilan shugʻullanuvchi E. ismli fuqaro dordan yiqilishi natijasida jarohatlanib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filialiga olib kelingan.
Markaz mutaxassislari uni zudlik bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishgan. Bemorga «Oʻng peshona va burun boʻshligʻi suyaklarining parchalanib sinishi. Bosh miya lat yeyishining ogʻir darajasi. Bosh miya oʻng yarim shari peshona boʻlagi epidural gematomasi. Subaroxnaidal qon quyilishi. Pnevmotsefaliya. Bosh yumshoq toʻqimalari lat yeyishi va teriosti gematomasi» tashxisi qoʻyilgan va bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.
Markaz mutasaddilarining maʼlum qilishicha, bemorning ahvoli barqaror boʻlib, hozirda neyroreanimatsiya boʻlimida malakali mutaxassislar nazoratida belgilangan standartlar boʻyicha davo muolajalarini olmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring