Fargʻonada diniy ekstremistik oqimning faol aʼzosi 12 yilga qamaldi 

10:30 16 May 2024 Jamiyat
273 0

Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimining faol aʼzosi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.

Unga koʻra, Oltiariq tumanida yashovchi A.A. Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan vaqtida islom diniga qiziqishi tufayli internet orqali turli maʼruzalarni eshitgan. Xususan, u “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy terroristik tashkiloti tarafdorlarining Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda oʻzgartirishga xizmat qilishga qaratilgan maʼruzalaridagi aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan video va audio materiallarni eshitib, ularning taʼsirida ekstremistik gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlab kelgan.  

U Telegram messenjeri orqali oqim tarafdori M.A. bilan aloqa qilib, yozishmalar olib borgan. “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimiga aʼzo boʻlib, ularning kitoblaridan virtual taʼlim oladi. “Hizbiy xalqa”da virtual tarzda olgan diniy saboqlari oqibatida diniy aqidaparastlikka berilib, uning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan. U mazkur diniy tashkilotga sodiqlik qasamyodini qabul qilgan hamda oylik daromadidan aʼzolik badali toʻlab kelgan. Shu bilan birga, u ijtimoiy tarmoqlarda diniy oqimning gʻoyalarini faol targʻib qilgan.

Oltiariq tumaniga qaytib kelgach, Telegramda turli guruhlarni tashkil qilgan hamda oʻzining tanishlarining profillarini bu guruhga qoʻshgan. A.A. aqidaparastlik gʻoyalaridan saboq berib kelgan. Shuningdek, u faoliyatini davom ettirib, bir necha shaxslarni ham guruhiga jalb etgan hamda diniy oqimning materiallarini tarqatgan.  

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida A.A.ning qilmishlari fosh boʻldi. Uning telefonidan olingan ashyoviy dalillar diniy oqimning materiallari ekanligi tasdigʻini topdi. Jinoyat ishlari boʻyicha Bagʻdod tuman sudining hukmiga koʻra, u 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер