Fargʻonada AQSHning Pitsburg universiteti ixtisoslashgan maktablari filiali tashkil etiladi
Ayni paytda Fargʻona shahridagi Central Asian Medical universiteti dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan tibbiyot sohasida faol ilmiy-amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Ushbu oliy taʼlim muassasasida taʼlim jarayoni jahon tibbiyotida qoʻllanayotgan ilgʻor tajriba va zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilgan boʻlib, nazariy bilimlar amaliy mashgʻulotlar bilan uygʻun holda olib borilmoqda. Shu maqsadda universitet huzurida oʻnlab ixtisoslashgan davolash-profilaktika klinikalari hamda zamonaviy tashxis laboratoriyalari faoliyat yuritmoqda.
Universitet rektori Nurillo Mamasodiqov boshchiligidagi delegatsiya bir necha bor Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib, qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar imzoladi. Xususan, Pitsburg, Vebster, Franklin, Olbani universitetlari hamda bir qator yirik tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

— Yaqin kunlarda delegatsiyamizning AQSHga navbatdagi safari rejalashtirilgan boʻlib, universitetimiz qoshida Pitsburg universitetining Medical School va Nursing School maktablari filiallarini ochish boʻyicha kelishuvga erishildi, — deydi Central Asian Medical universiteti rektori Nurillo Mamasodiqov. — Ushbu tashabbus tibbiyot yoʻnalishida mutaxassislarni erta bosqichdan tayyorlash, shuningdek, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlgan yuqori malakali kadrlar yetishtirishga qaratilgan.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Pitsburg universiteti 1787-yilda tashkil etilgan boʻlib, AQSHning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi. Universitet tarkibida 16 ta ixtisoslashgan maktab va kollej faoliyat yuritadi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring