Farg‘onada “Adabiyot kunlari” o‘tkaziladi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishiga ko‘ra, 2021 yil noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida viloyatda “Adabiyot kunlari” o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Adabiyot bayrami kunlarida taniqli adabiyotshunos olim Umarali Normatov tavalludiga 90 yil, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludiga 85 yil, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, dramaturg Saydali Odilov tavalludiga 80 yil to‘lgani munosabati bilan, shuningdek, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning xotirasiga ehtirom ko‘rsatish hamda rishtonlik isteʼdodli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rang-barang tadbirlarni tashkil etish belgilangan.
Adabiyot kunlari doirasidagi tadbirlar Qo‘qon davlat musiqali drama teatri, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi, Oltiariq madaniyat markazi, Rishton tumanida joylashgan Xalqaro kulolchilik markazi hamda Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadi.
-Bunday tadbirlar xalqimiz, ayniqsa, barkamol avlodni milliy adabiyotimiz namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishtirish imkonini beradi,-deydi taniqli yozuvchi Alisher Ibodinov. – Ishonamizki, adabiyotni yuksak qadrlaydigan farg‘onaliklar bu ezgu tashabbus yurtimiz bo‘ylab keng quloch yozishi uchun faollik ko‘rsatadilar.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring